"Manchester Siti" hujumchisi Erling Xoland o‘z hisobiga yana gol yozdirib qo‘ydi. Norvegiyalik futbolchining aniq zarbasi Premyer-liga doirasidagi "Brentford"ga qarshi o‘yinda yagona bo‘ldi. Uchrashuv yakunlangach, jurnalistlar "shaharliklar" hujumchisidan "Bavariya" vakili Xarri Keyn bilan Yevropa "Oltin butsa"si uchun kurash haqida so‘rashdi.
"Keyn bilan raqobat? Mbappeni unutmang," - deya Xolandning javobini keltiradi Madrid Zone.
"Manchester Siti" yulduzining hisobida Angliya chempionatining joriy mavsumida kiritilgan to‘qqizta gol bor. Kilian Mbappe La Ligada Madridning "Real" klubi safida ham shuncha gol urgan, Xarri Keyn esa Bundesligada 11 raqiblar darvozasiga to‘p kiritgan.