O‘zbekiston terma jamoasining sobiq hujumchisi Jafar Irismetov Fabio Kannavaroni O‘zbekiston terma jamoasi bosh murabbiyi etib tayinlanishiga qarshi chiqdi.
«Ko‘plab murabbiylar nimagadir O‘zbekiston terma jamoasini boshqarishdan bosh tortdi. Rostini aytsam, men Kannavaro nomzodiga qarshiman. Jahon chempionatiga chiqib, munosib ishtirok etish uchun Klopp darajasidagi murabbiy olish kerak.
Kannavaro — O‘zbekiston terma jamoasi uchun eng yaxshi variant emas, rahbariyatning boshqa fikri bor, ehtimol, ular yaxshi biladi. Kannavaro futbolimiz rivojiga nimadir bera olishiga ishonmayapman. Menimcha, uni mashhurligi va futbolchilik faoliyati uchun tanlashgan, lekin murabbiylik faoliyati, albatta, zaif.
Ism uchun emas, yordam beroladigan murabbiyni olish kerak. Eng muhimi — yaxshi faoliyatga ega mutaxassisni tanlash. Agar mutaxassis olishga qaror qilingan bo‘lsa, uning darajasi boshqacharoq bo‘lishi lozim», — Irismetov.