Bugun 6 oktyabr, 2025 yil, dushanba

КИР

"Ekologik inqiroz kuchaysa, poytaxtni almashtiramiz" - prezident

"Ekologik inqiroz kuchaysa, poytaxtni almashtiramiz" - prezident

Eron prezidenti Ma’sud Pezeshkian poytaxtni Tehrondan ko‘chirishni taklif qildi. U tashabbusga sabab sifatida ekologik inqirozni ko‘rsatdi.

Uning tushuntirishicha, hozirgi poytaxtda suv tanqisligi, haddan tashqari gavjumlik va tuproqning cho‘kish xavfi ortib bormoqda.

Poytaxt Hormozgan viloyatiga ko‘chirilishi mumkin. Bu ochiq suvlarga to‘g‘ridan-to‘g‘ri kirishni ta’minlaydi va savdoni osonlashtiradi.

Tehronda 10 milliondan ortiq aholi istiqomat qiladi. Poytaxt har yili mamlakat suv resurslarining qariyb chorak qismini iste’mol qiladi.

Kiritildi: Bugun 12:16. O'qildi: 1160 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!