AQSh Davlat kotibi Marko Rubio amaldagi vise-prezident Jey De Vensni navbatdagi prezidentlikka nomzod sifatida ko‘rsatdi.
Davlat kotibi Fox News telekanaliga bergan intervyusida o‘z pozisiyasini bildirgan.
"O‘ylaymanki, Amerika Qo‘shma Shtatlari vise-prezidenti Jey Di Vens, agar u o‘z nomzodini qo‘yishga qaror qilsa, keyingi Respublikachilar partiyasidan nomzod bo‘ladi" - dedi Rubio va vise-prezident uning yaxshi do‘sti ekanligini va “ishini zo‘r bajarishini” qo‘shimcha qildi.
Davlat kotibining so‘zlariga ko‘ra, amaldagi prezidentning “buyuk jamoasi” bor va u va Vens Tramp uchun ishlaydi, uning vazifasi Amerika yetakchisining kun tartibini amalga oshirishdir.