Toshkent shahri havosi ifloslanishining sababi ma’lum bo‘ldi. Gidrometeorologiya ilmiy-tadqiqot instituti xodimi Erkin Abdulahatovga ko‘ra, bunga antisiklon hodisalari sabab bo‘lgan.
"Poytaxt sharqida hanuz havoda mayda RM-2.5 zarracha bilan bog‘liq ifloslanish milliy ruxsat etilgan me’yordan 3 barobargacha yuqoriligicha qolmoqda.
Respublika markazi, g‘arbi (Uchtepa xokimiyati), shimoliy-g‘arbi (Olmazor) va janubi-g‘arbida (Sergeli) bu kabi ifloslanish poytaxt sharqi va shimoliga nisbatan biroz yaxshi.
Umuman olganda, soat 11.00 ga nisbatan soat 10.00 da havoda mayda zarrachalar biroz kamaydi.
Hozir antisiklon janubi—g‘arbiy chekkasi ta’siridamiz va bunday paytda Quyosh siqish va botishdan 2 soat o‘tgach, xavoda inversiya hodisasi ro‘y bera boshlaydi. Bunday paytda poytaxt sirt yuzalaridagi changni asta xavoga ko‘tarioishi kuzatiladi. Xaddan tashqari ko‘p mashina omili esa, past esuvchi shamolni chaqirib, mayda zarrachalarni yuqoriga ko‘taruvchi vazifasini bajaradi.
Poytaxtda havo ifloslanishi tushdan so‘ng yana o‘z xoliga qaytadi", deb yozadi iqlimshunos.