Bugun 7 oktyabr, 2025 yil, seshanba

КИР

Polsha va Boltiqbo‘yi davlatlari Ukraina urushi boshlanishidan oldin Rossiya bilan muzokaralar o‘tkazilishiga to‘sqinlik qilgan — Angela Merkel

Polsha va Boltiqbo‘yi davlatlari Ukraina urushi boshlanishidan oldin Rossiya bilan muzokaralar o‘tkazilishiga to‘sqinlik qilgan — Angela Merkel

Germaniyaning sobiq kansleri Angela Merkelning aytishicha, Polsha va Boltiqbo‘yi davlatlari 2021 yilda Rossiya bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri muzokaralar o‘tkazish tashabbusini qo‘llab-quvvatlamagan. Bu haqda u Vengriyaning Partizan nashriga bergan intervyusida aytib o‘tdi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, bunday qaror Yevropa Ittifoqi davlatlari Rossiyaga nisbatan yagona siyosat ishlab chiqa olmasligidan xavotir bilan bog‘liq bo‘lgan.

Merkelning ta’kidlashicha, Putin bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri muzokaralar olib borish imkoniyati yo‘qligi keyingi voqealarga jiddiy ta’sir ko‘rsatgan.

"Hozir zamon o‘zgardi va biz tinchlikka erishish uchun qanday pozisiyani egallashimiz eng ma’qul bo‘lishi haqida o‘ylab ko‘rishimiz zarur", — dedi Merkel.

Uning fikricha, bu faqat Yevropa “haqiqiy to‘xtatuvchi kuch” sifatida ishtirok etib, Ukrainani qo‘llab-quvvatlagan taqdirdagina amalga oshishi mumkin bo‘ladi.

Kiritildi: 17:33 06.10.2025. O'qildi: 1054 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!