Bugun 7 oktyabr, 2025 yil, seshanba

КИР

«Abbos dollar» nomi bilan tanilgan afg‘on tadbirkor Toshkentda qo‘lga olindi

«Abbos dollar» nomi bilan tanilgan afg‘on tadbirkor Toshkentda qo‘lga olindi

Afg‘oniston parlamentining sobiq rais o‘rinbosari va mashhur tadbirkor Abbos Ibrohimzoda Toshkentda qo‘lga olindi.

Amu.TV xabar berishicha, u 24 sentyabr kuni «biznesdagi raqobatchilarining ko‘plab shikoyatlaridan so‘ng» hibsga olingan va «350 ming dollarlik garov puli kiritilganiga qaramay» haligacha qamoqda saqlanmoqda.

Abbos Ibrohimzoda — millati hazora bo‘lgan tadbirkor va siyosatchi. U 1990-yillar boshidan Afg‘onistonning eng yirik biznesmenlaridan biri sifatida tanilgan. 1992 yilda Pokiston va Yaponiya mahsulotlarini O‘zbekistonda sotib, bu yerdan dollar olib chiqish bilan shug‘ullangani uchun «Abbos dollar» laqabini olgan. Keyinroq Dushanbedagi «Sadbarg» savdo markazida ham faoliyat yuritgan.

Uning valyutalar bilan bog‘liq faoliyati besh yil davom etgan. Keyinchalik u Turkmaniston, O‘zbekiston va Qozog‘istondan yoqilg‘i, gaz, o‘g‘it va qurilish materiallarini yetkazib berish bilan shug‘ullangan. Topgan mablag‘lari hisobiga Balx va Qobulda universitetlar hamda texnika va tibbiyot kollejlarini qurdirgan, butun mamlakat bo‘ylab 30 ta maktab barpo etgan.

Ibrohimzoda asos solgan Ibrahimzada Group yigirmadan ziyod kompaniyani birlashtiradi. U Balxdagi xususiy telekanalni nazorat qiladi va ta’lim hamda xayriya sohalariga sarmoya yo‘naltiradi. Toliblar hokimiyatni egallaganidan keyin u Turkiyada yashay boshlagan, keyin esa Toshkentga ko‘chib kelgani ma’lum, ammo aniq sana oshkor etilmagan.

So‘nggi to‘rt yil ichida u O‘zbekiston iqtisodiyotiga, asosan transport va un sanoatiga 50 mln dollardan ortiq sarmoya kiritgani aytilmoqda. 2023 yilda Toliblar uning Afg‘onistondagi 19 ta tijorat ob’ektini, jumladan, yoqilg‘i quyish shoxobchalari, shifoxonalar, telekanal va savdo markazlarini musodara qilgan.

Kiritildi: 13:43 06.10.2025. O'qildi: 975 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!