Bugun 11 iyul, 2025 yil, juma

КИР

Yangi Zelandiyada mevaning yangi turi yetishtirilmoqda

A A A
Yangi Zelandiyada mevaning yangi turi yetishtirilmoqda

Iqlim o‘zgarishi sabab yuzaga chiqayotgan global oziq-ovqat inqiroziga javob izlash maqsadida Yangi Zelandiyaning Kraystcherch shahridagi O‘simlik va oziq-ovqat tadqiqot instituti olimlari o‘simlik hujayrasidan to‘qima – po‘stsiz meva etishtirmoqda.

Ommaviy axborot vositalari xabariga ko‘ra, ilmiy tadqiqotchilar shu yo‘l bilan, kun kelib, haqiqiy meva ta’mi va hidiga ega bo‘lishdan umidvor.

Etakchi mutaxassis Ben Shon shunday deydi:

– Kelajakda aholi o‘sishi, urbanizasiya, ortga qaytmas iqlim o‘zgarishi bilan bog‘liq turli o‘zgarishlar ro‘y beradi. Biz bu haqda jiddiy o‘ylayapmiz.

Olimlar yaratayotgan yangi meva nafaqat terisiz, balki odatda tashlab yuboriladigan qismlarsiz, masalan olma po‘choqsiz, apelsin qobiqsiz bo‘ladi. Shon fikricha, ayni kashfiyot oziq-ovqat chiqindisi miqdorini keskin kamaytiradi.

Kiritildi: 18:34 18.09.2023. O'qildi: 1885 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!