Yangi yil bayrami munosabati bilan poytaxtimiz aholisiga va mehmonlariga yanada qulay sharoitlar yaratish maqsadida «Toshkent metropoliteni» DUK tomonidan metro harakati rejimiga vaqtinchalik o‘zgartirishlar kiritilmoqda.
Xususan, bayram kechasida fuqarolarning erkin va xavfsiz harakatlanishini ta’minlash maqsadida metro poyezdlari 31 dekabr kuni soat 05:00 dan 1 yanvar kuni soat 01:00 ga qadar uzluksiz ravishda xizmat ko‘rsatadi.
Shuningdek, Yangi yil munosabati bilan belgilangan qo‘shimcha dam olish kunlarida metro poyezdlarining harakat oralig‘i quyidagi tartibda tashkil etiladi:
-2025 yil 31 dekabr hamda 2026 yil 2 yanvar kunlari — metro poyezdlari shanba kuni uchun tasdiqlangan jadval asosida harakatlanadi;
-2026 yil 1 yanvar kuni — poyezdlar yakshanba kuni uchun belgilangan jadval bo‘yicha qatnaydi.
Shuningdek, 5 yanvar — dushanba kuni barcha uchun ish kuni hisoblanib, ushbu sanada metro harakati odatiy ish kunlari jadvali asosida tashkil etiladi.