Bugun 20 dekabr, 2025 yil, shanba

КИР

Yangi O‘zbekiston bog‘ida 1 500 ishtirokchini birlashtirgan «Adolat sari» marafoni o‘tkazildi

Yangi O‘zbekiston bog‘ida 1 500 ishtirokchini birlashtirgan «Adolat sari» marafoni o‘tkazildi

Prezident Administrasiyasi topshirig‘i va Oliy sud assosiasiyasi tashabbusi bilan tashkil etilgan mazkur tadbir vatanparvarlik tuyg‘usini, adolat tamoyillarini va sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilishga qaratilgan.

Marafonning tashkiliy ishlari mas’uliyati ProRun kompaniyasiga topshirilgan bo‘lib, aytish mumkinki, jamoa yugurishni World Athletics xalqaro standartlari asosida o‘tkaza oldi. Marafon doirasida tashkil etilgan “Buyuk Turon” zonasida o‘tkazilgan milliy o‘yinlar, dorbozlar chiqishlari va xalqona ko‘ngilochar dasturlar qatnashchilarga shijoat va g‘ayrat bag‘ishlab turdi.

Marafondan keyingi Konsta, Sevara Mahsudova, Doppi Twins, DJ Chars va Sevara Nazarxon kabi mashhur san’atkorlar chiqish qilishdi.

«Adolat Sari» odamlar qalbida vatanparvarlik va birlik hislarini mustahkamlovchi harakatdir, zero biz faol ekanmiz, qadriyatlarimiz ham faol bo‘ladi!

Kiritildi: 19:02 26.10.2025. O'qildi: 1051 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!