Bugun 18 oktyabr, 2026 yil, yakshanba

КИР

Yangi Toshkentga investisiya kiritish uchun maxsus Telegram-bot ishga tushirildi

Yangi Toshkentga investisiya kiritish uchun maxsus Telegram-bot ishga tushirildi

Yangi Toshkent qurilishiga xususiy investisiyalarni jalb etish va investorlar uchun qulay sharoit yaratish maqsadida “Yangi Toshkentga investisiya kiriting!” chat-boti ishga tushirilmoqda.

Endilikda investisiya loyihalarini Telegram’dagi @yt_investitsiya_bot orqali yoki newtashkent.uz rasmiy saytida taklif etish mumkin.

Xizmat o‘zbek, rus, ingliz va xitoy tillarida ishlaydi. Dastlabki bosqichda loyiha konsepsiyasini taqdim etish kifoya. Har bir arizaga ro‘yxatga olish raqami berilib, investor keyingi jarayonlar haqida ma’lumot oladi.

So‘nggi uch yilda Yangi Toshkentga 2 milliard dollardan ortiq investisiya kiritildi. Birinchi bosqichda esa 6 ming gektar hududda 50 milliard dollardan ziyod qiymatdagi loyihalarni amalga oshirish rejalashtirilgan.

Maqsad — investorlar uchun to‘siqlarni kamaytirish, istiqbolli tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlash va Yangi Toshkent rivojiga yangi imkoniyatlar ochish.

Kiritildi: 14:35 17.10.2026. O'qildi: 573 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!