Bugun 28 sentyabr, 2026 yil, dushanba

КИР

Yangi Toshkent aeroporti qurilishi sabab 7 ta qabriston ko‘chiriladi

Yangi Toshkent aeroporti qurilishi sabab 7 ta qabriston ko‘chiriladi
Toshkent viloyati hokimi qaroriga ko‘ra, aeroport qurilishi hududidagi 7 ta faoliyati to‘xtatilgan qabriston boshqa joyga ko‘chiriladi. Ular orasida Quyi Chirchiqdagi "Sergeli bolalar qabristoni" va "Koreys qabristoni", O‘rta Chirchiqdagi "Suvon bag‘ish", "Qudoyqul", "Sariktepa" va "Boris" qabristonlari bor. Qayta dafn ishlari Quyi Chirchiqdagi "Shardara" va rus-koreys, O‘rta Chirchiqdagi "Zaynab ona" va koreys qabristonlarida amalga oshiriladi. Qarorda qayd etilishicha, ko‘chirish va qayta dafn qilish bilan bog‘liq xarajatlar loyihasi doirasida xususiy sherik tomonidan qoplanadi.
Kiritildi: 19:42 18.09.2026. O'qildi: 1479 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!