Bugun 28 sentyabr, 2026 yil, dushanba

КИР

Rossiya zarbalari Ukrainaning yillik kitob ishlab chiqarish hajmining deyarli yarmini yo‘q qilgan

Rossiya zarbalari Ukrainaning yillik kitob ishlab chiqarish hajmining deyarli yarmini yo‘q qilgan

So‘nggi bir necha oy ichida Rossiya zarbalari Ukrainada 15 milliongacha yangi kitobni yo‘q qilgan, deb yozmoqda The New York Times

Eng kuchli zarbalardan biri Xarkovdagi "Ranok" nashriyotining omboriga berildi. Rossiyaning ikkita reaktiv dvigatelli dronlari keltirib chiqargan yong‘inni o‘chirish uchun deyarli bir hafta vaqt ketdi. Yong‘in oqibatida u yerda saqlangan barcha 8 million kitob, jumladan, 620 mingta maktab darsligi yo‘q qilindi.

Rossiyaning ballistik raketasi Kiyevdagi "Pochayna" kitob bozorining ham katta qismini vayron qildi; ushbu bozorda inqilobgacha bo‘lgan davrga va Sovet davriga oid noyob nashrlar saqlanar edi. Shuningdek, zarbalar boshqa nashriyotlarga va Ukrainadagi eng yirik poligrafiya korxonalaridan biri bo‘lgan "Chonvi"ga tegishli omborlarga ham zarar yetkazdi.

Ukraina Nashriyotchilar uyushmasi 15 milliongacha yangi kitob yo‘q qilinganini taxmin qilmoqda, Madaniyat vazirligi esa sohadagi zararni deyarli 40 million dollar miqdorida baholamoqda. Hozircha kitob taqchilligi keng ko‘lamda kuzatilmayotgan bo‘lsa-da, ayrim ukrainalik o‘quvchilar o‘quv yilini zarur darsliklarsiz boshlashga majbur bo‘ldilar.

Kiritildi: 22:21 27.09.2026. O'qildi: 549 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!