Bugun 28 sentyabr, 2026 yil, dushanba

КИР

Rossiya G‘arbda “O‘lik qo‘l” nomi bilan ma’lum bo‘lgan “Perimetr” yadroviy javob zarbasi dasturini qayta tikladi

Rossiya G‘arbda “O‘lik qo‘l” nomi bilan ma’lum bo‘lgan “Perimetr” yadroviy javob zarbasi dasturini qayta tikladi

The Sunday Times nashri Danwatch va Dossier Center markazlari bilan hamkorlikda Uraldagi maxfiy yerosti qo‘mondonlik majmuasi yuzasidan surishtiruv o‘tkazdi. Mualliflarning ma’lumotlariga ko‘ra, ob’ekt sezilarli darajada kengaytirilgan va unga bog‘liw yadroviy raketa infratuzilmasi hozirda to‘liq ishch holatda.

Gap Rossiyaga qilingan keng qamrovli hujumdan keyin ham yadroviy javob zarbasini berish buyrug‘ini uzatish imkoniyatini saqlab qolishi lozim bo‘lgan yerosti qo‘mondonlik markazi haqida bormoqda. “Perimetr” tizimi SSSR davridayoq yaratilgan. Tizimning maxsus qo‘mondonlik raketalari strategik yadro kuchlarining omon qolgan bo‘linmalariga raketalarni uchirish haqidagi signalni uzata oladi.

Surishtiruvchilar Rossiya hukumatining harbiy xaridlar va qurilishlarga oid millionlab hujjatlarini o‘rganib chiqishdi. Ular keng ko‘lamli ishlar, jumladan, yerosti inshootlarini qurish hamda ventilyasiya, havoni filtrlash va ob’ektni himoyalash uskunalari xaridi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni aniqladilar. Danwatch'ning avvalgi surishtiruvi ham jurnalistlar Rossiya yadro ob’ektlarinining modernizasiya qilinishi bilan bog‘liq ikki milliondan ortiq hujjat to‘plaganini tasdiqlagan edi.

The Sunday Times'ning yozishicha, ushbu majmua Qo‘shma Shtatlarning bunkerlarga qarshi o‘q-dorilari orqali zarba berilgan taqdirda ham o‘z ish qobiliyatini saqlab qolishga mo‘ljallangan. Uning vazifasi — Rossiyaga qilingan keng qamrovli hujumdan keyin yadroviy javob zarbasi berish imkoniyatini kafolatlashdan iborat.

Kiritildi: 20:33 27.09.2026. O'qildi: 938 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!