Bugun 28 sentyabr, 2026 yil, dushanba

КИР

"Qasddan odam o‘ldirgan, ayniqsa bola qotillari o‘zini nima kutayotganini aniq bilishi kerak!"

"Qasddan odam o‘ldirgan, ayniqsa bola qotillari o‘zini nima kutayotganini aniq bilishi kerak!"

Deputat Alisher Qodirov Namangandagi hodisa bo‘yicha fikr bildirib, pedofillarga keskin jazolar tashabbusini ilgari surdi.

"Biz bugun begunoh xalqlar va bolalar qirg‘iniga chora ko‘rolmaydigan darajada zaif va ikkiyuzlamachi mezonlarga moslashish va o‘zlariga qarshi ishlatilishidan xavotir olayotgan “qo‘rqoq qahramonlar”ni ayyuhannoslariga quloq tutib bu zaruratga ko‘z yumyapmiz.

Ajratib olishda xato qilish mumkin bo‘lmagan ayrim toifadagi jinoyatchilarni yashashini o‘ziyoq jamiyat halovati uchun xavfdir! Bu toifadagi jinoyatchilarni yillar davomida yanada jinoyatchiroq qilib jamiyatga qaytarish orqali jinoyatni pro shakllari uchun sharoit yaratilmoqda, xolos", deydi siyosatchi.

"Amaldagi qonunlar bilan ehtimoliy vatan xoini davr o‘zgarib milliy qahramonga aylanishi mumkindir, unga hech qachon o‘lim jazosi qo‘llanilmasligi kerak, lekin residivist, bola o‘ldira olgan yoki murg‘ak bolani toptash darajasidagi mahluq-pedofilni qamoqda mehribon pedagog bo‘lib qolishiga kimdir ishonsa hayratlanaman", ta’kidlaydi deputat.

"Inson insonni o‘ldirishi mumkinmas, bu ham dunyoviy, ham diniy qarashlarda eng oliy jinoyat sifatida qabul qilingan, lekin bu oliy jinoyatga jazo masalasida yondashuv bir xil emas: biri bundaylarni odamlarni puli hisobiga qamoqda saqlab, yedirib-ichirib, issiq-sovug‘ini ta’minlab, jamiyatdan umrbod ajratib qo‘yish yetarli deb hisoblasa, yana biri ehtimoliy keyingi jinoyatlarni oldini olish, moyillarga ogohlantirish bo‘lishi uchun (jabrdiydaning talabi asosida!) o‘limga mahkum qiladi.

Beayb insonni qasddan o‘ldirgan, ayniqsa bola qotili va pedofillarni yashashda davom etishi keyingi shu shakldagi jinoyatlar uchun motivasiyadir! Qasddan odam o‘ldirgan, ayniqsa bola qotillari o‘zini nima kutayotganini aniq bilishi kerak!", deya xulosa qiladi Qodirov.

Kiritildi: 23:01 27.09.2026. O'qildi: 532 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!