Rossiya tashqi ishlar vazirining boshqa bayonotlari:
- Rossiyaning haqiqat va adolat yo‘lidagi kurashi oxirigacha davom ettiriladi;
- Yevropa Ukraina bo‘yicha tinchlik muzokaralari istiqbolini barbod qilish uchun barcha choralarni ko‘rmoqda — holbuki, bu muzokaralardan AQSh ham manfaatdor;
- Serbiyaga Yevropa Ittifoqiga a’zo bo‘lishdek mavhum istiqbol evaziga Moskvaga qarshi sanksiyalar joriy etish bo‘yicha bosim o‘tkazilmoqda;
- G‘arb Ukraina nasizmi kuchayishiga sharmandalarcha ko‘z yumishi oqibatida BMTning poydevori izdan chiqarilmoqda;
- G‘arb o‘ta ehtiyotsiz va oldindan aytib bo‘lmaydigan harakatlari bilan sayyoradagi milliardlab odamlar hayotini xavf ostiga qo‘ymoqda;
- Vaziyat qanday bo‘lishidan qat’i nazar, Yevropada tinch hayot tiklanadi;
- Rossiya Germaniya va Yaponiyaning BMT Xavfsizlik Kengashiga doimiy a’zo bo‘lishiga qarshi, ammo Hindiston va Braziliya nomzodlarini qo‘llab-quvvatlaydi;
- Barqaror tinchlikka faqat global o‘yinchilar o‘rtasidagi raqobat barham topganidagina erishish mumkin;
- Hech bir davlat gegemonlikka (ustunlikka) da’vo qilmasligi kerak; bu, avvalo, NATOga taalluqlidir;
- Rossiya yaqin oylarda "Millatlar erkinligi assambleyasi"ga mezbonlik qiladi;
- Rossiya BMTning yangi Bosh kotibidan ayrim davlatlar manfaatlariga xizmat qilish o‘rniga, xolislik tamoyillariga rioya qilishini va butun xalqaro hamjamiyat nomidan ish ko‘rishini kutadi.