Rajji Sky News Arabia telekanaliga bergan intervyusida Livan tashqi kuchlar vositachiligiga muhtoj emasligini aytdi. U Isroil va «Hizbulloh» muzokara jarayonini ilgari surish bo‘yicha hamkorlik qilishga tayyor emasligini bildirdi.
Vazir «Hizbulloh»ning qurol ustidan nazoratni davlatga to‘liq o‘tkazish masalasida muloqotdan bosh tortayotganini ta’kidladi. Shu bilan birga, u Livan hududida davlat suverenitetini tiklash yangi fuqarolik urushiga olib kelmasligiga ishonch bildirdi.
Rajji AQSh Davlat kotibi Marko Rubio bilan bo‘lajak uchrashuvda Livanda yangi xalqaro kontingent joylashtirish taklifini ilgari surishini ham ma’lum qildi. Bu tashabbus BMTning Livandagi vaqtinchalik kuchlari — UNIFIL mandatini uzaytirish bo‘yicha muzokaralar natija bermagani ortidan bildirilgan.