"Buxoro" safida joriy mavsumni yuqori tempda o‘tkazayotgan markaziy yarim himoyachi Sherzod Esanov faoliyatini chet elda davom ettirishi mumkin.
Xabarlarga ko‘ra, O‘zbekiston milliy jamoasining 23 yoshli a’zosiga Eronning "Traktor" va "Istiqlol" klublari qiziqish bildirmoqda.
Esanov joriy mavsumda jami 21 ta o‘yinda 9 ta gol urib, 1 ta assist muallifi bo‘ldi. U shu kunga qadar terma jamoamiz safida 3 ta bahsda maydonga tushgan.