Lavrovning aytishicha, S-400 tizimlarini Turkiya hududidan tashqariga olib chiqish uchun Rossiyaning roziligi kerak. Moskva bunday reeksportga faqat tizimlar Rossiyaga do‘stona munosabatda bo‘lgan davlatga beriladigan bo‘lsa, rozilik berishi mumkin.
Turkiya tashqi ishlar vaziri Hakan Fidan esa Anqara Moskva bilan S-400 tizimlarini reeksport qilish masalasini muhokama qilayotganini, ammo muzokaralar hali yakunlanmaganini aytdi.
Turkiya 2017 yilda Rossiyadan S-400 sotib olish bo‘yicha shartnoma imzolagan. Bu qaror ortidan AQSh Turkiyani F-35 dasturidan chiqargan va S-400dan voz kechishni talab qilgan.