Bugun 1 aprel, 2025 yil, seshanba

КИР

Yangi haftada bizni qanday ob-havo kutayotgani prognoz qilindi

Yangi haftada bizni qanday ob-havo kutayotgani prognoz qilindi

O‘zgidromet 31 martdan 2 aprelga qadar kuzatiladigan ob-havo ma’lumotini e’lon qildi.

Unga ko‘ra, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm viloyatida havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 31 martda ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 31 martda kechasi 4-9 daraja iliq,
kunduzi 22-27 daraja iliq; 1-2 aprelda kechasi 10-15 daraja iliq, kunduzi 25-30 daraja iliq bo‘ladi.

Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 31 martda ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 31 martda kechasi 5-10 daraja iliq, kunduzi 23-28 daraja iliq; 1-2 aprelda kechasi 10-15 daraja iliq, kunduzi 25-30 daraja iliq bo‘ladi.

Toshkent, Sirdaryo, Samarqand va Jizzax viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 31 martda kechasi 3-8 daraja iliq, kunduzi 17-22 daraja iliq; 1 aprelda kechasi 7-12 daraja iliq, kunduzi 22-27 daraja iliq bo‘ladi.

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatida havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 31 martda kechasi 7-12° iliq, kunduzi 23-28 daraja iliq; 1 aprelda kechasi 10-15 daraja iliq, kunduzi 25-30 daraja iliq bo‘ladi.

Andijon, Namangan, Farg‘ona viloyatida havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat 31 martda kechasi 3-8 daraja iliq, kunduzi 17-22 daraja iliq; 1-2 aprelda kechasi 7-12 daraja iliq, kunduzi 22-27 daraja iliq bo‘ladi.

Respublikaning tog‘li hududlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 31 martda kechasi 0-5 daraja iliq, kunduzi 10-15 daraja iliq; 1-2 aprelda kechasi 2-7 daraja iliq, kunduzi 13-18 daraja iliq bo‘ladi.

Kiritildi: 11:43 30.03.2025. O'qildi: 1095 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!