Bugun 27 oktyabr, 2026 yil, seshanba

КИР

Yangi buklama iPhone ekranlari yorilmoqda: Apple muammoni tan oldi

Yangi buklama iPhone ekranlari yorilmoqda: Apple muammoni tan oldi

Apple kompaniyasining ilk buklama smartfoni — iPhone Duo egalari qurilmadan foydalanish boshlanganidan bir necha soat yoki kun o‘tib, ichki ekranda yoriqlar paydo bo‘layotganidan shikoyat qilmoqda. Kompaniya muammo mavjudligini tan oldi.

Bloomberg xabar berishicha, ayrim foydalanuvchilar smartfonni ochayotganda chirsillagan ovoz eshitilganini, shundan so‘ng ekranning o‘rta qismidagi bukilish chizig‘i bo‘ylab yoriq paydo bo‘lganini bildirgan. Ba’zi qurilmalarda displeyning o‘ng tomonida oq nuqtalar va boshqa nuqsonlar ham kuzatilgan.

Apple vakillari ichki displey bilan bog‘liq muammo oz sonli qurilmalarda aniqlanganini ma’lum qildi. Kompaniya smartfon egalariga AppleCare texnik yordam xizmatiga murojaat qilishni tavsiya etdi.

Elektronika ta’miriga ixtisoslashgan iFixit platformasi mutaxassislari nuqson ekranning o‘zi emas, balki bukilish mexanizmi qismlaridan biri shikastlanishi bilan bog‘liq bo‘lishi mumkinligini taxmin qilmoqda. Apple hozirda muammoni tekshirmoqda. Ayrim xaridorlarga almashtiruvchi qurilmalar berilgan, boshqalari esa tekshiruv yoki almashtirishni kutmoqda.

iPhone Duo 2026 yil sentyabr oyida taqdim etilgan. Smartfonning xalqaro savdosi 23 oktyabrda boshlangan, uning boshlang‘ich narxi 1999 dollarni tashkil etgan.

Kiritildi: Bugun 18:16. O'qildi: 195 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!