Boliviyaning sobiq prezidenti korrupsiyada ayblanib qamoqqa olindi, deb xabar bermoqda ABC News
Telekanalning xabar berishicha, Boliviya sudi mamlakatning sobiq prezidenti Luis Arseni korrupsiya ishi bo‘yicha sud jarayoni yakunlanguniga qadar, 5 oy muddatga, qamoqda saqlanishi haqida qaror chiqargan.
Agar Arsening aybi isbotlansa, u olti yilgacha ozodlikdan mahrum etilishi mumkin. Ommaviy axborot vositalari ma’lumotlariga ko‘ra, sobiq prezidentga qarshi korrupsiya ishi mamlakatda siyosiy keskinlikning kuchayishiga olib kelishi ehtimoli bor, chunki u so‘l qanot tarafdorlari orasida katta ta’sir va qo‘llab-quvvatlovga ega.
“Sosializm sari harakat” partiyasi yetakchisi bo‘lgan Luis Arse 2020 yilda Boliviya prezidenti etib saylangandi. Joriy yilgi saylovlarda u yutqazdi.