Bugun 11 dekabr, 2025 yil, payshanba

КИР

Yaman sohillarida qayiqning cho‘kishi oqibatida kamida 76 nafar migrant halok bo‘ldi

Yaman sohillarida qayiqning cho‘kishi oqibatida kamida 76 nafar migrant halok bo‘ldi

Yamandagi xavfsizlik xizmatlarining agentlikka ma’lum qilishicha, efiopiyalik migrantlarni olib ketayotgan qayiq Adan ko‘rfazida cho‘kib ketishi natijasida kamida 76 kishi halok bo‘lgan, yana o‘nlab odamlar bedarak yo‘qolgan deb hisoblanmoqda.

BMT ma’lumotlariga ko‘ra, qayiqda jami 157 kishi bo‘lgan. Ulardan atigi 12 nafari qutqarilgan.

"Bedarak yo‘qolganlarning taqdiri hali ham noma’lum", — deya ta’kidladi Xalqaro migrasiya tashkilotining (XMT) Yaman bo‘yicha missiyasi rahbari Abdusattor Esoyev AFP agentligiga bergan bayonotida.

Afrikalik muhojirlar Jibuti va Eritreyadan dengiz orqali Yamanga, u yerdan Saudiya Arabistoni va boshqa Fors ko‘rfazi mamlakatlariga ish topish uchun borishga harakat qildi. XMT ma’lumotlariga ko‘ra, 2024 yilda bu yo‘lni 60 mingdan ortiq kishi bosib o‘tgan. O‘tgan yili XMT Qizil dengizda kamida 558 ta o‘limni qayd etgan, ulardan 462 tasi qayiq halokatlari natijasida sodir bo‘lgan.

Kiritildi: 15:05 04.08.2025. O'qildi: 1625 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!