"Barselona" vingeri Lamin Yamal antidoping qoidalarini buzdi. Marca nashrining xabar berishicha, Yamal Chempionlar ligasining "Inter"ga qarshi javob yarim finalidan so‘ng, doping nazorati inspektorining talabiga qaramay, o‘z vaqtida doping tekshiruviga kelmagan. Xuddi shunday qoidabuzarlikka "ko‘k-anorranglilar"ning yana bir hujumchisi Robert Levandovski ham yo‘l qo‘ygan.
Yakunda Yamal va Levandovski jazolandi - har biri 5000 yevrodan jarimaga tortildi.
Eslatib o‘tamiz, "Barselona" safarda "Inter"ga qarshi bahs olib bordi va 120 daqiqa yakunida 3:4 hisobida imkoniyatni boy berdi. Milanliklar Chempionlar Ligasi finaliga yo‘l oldi va u yerda "PSJ"ga 0:5 hisobida mag‘lub bo‘ldi.