Bugun 6 iyun, 2025 yil, juma

КИР

Yamal "Real"ning yangi futbolchisiga "hujum" qilib qoldi (foto)

Yamal "Real"ning yangi futbolchisiga "hujum" qilib qoldi (foto)

"Barselona" hujumchisi Lamin Yamal "Real"ga yangi kelgan Din Xeysen haqida hazil qildi. Har ikki futbolchi Ispaniya terma jamoasiga chaqirilgan.

Terma jamoa akkaunti ijtimoiy tarmoqlarda futbolchilarning qo‘shma suratini e’lon qildi.

Yamal surat ostidagi izohlarda "Mening yangi o‘yinchog‘im" deb yozib qoldirgan. Xeysen esa unga "O‘g‘lim", deb javob qaytargan.

Din Xeysen may oyida "Bornmut"dan "Real"ga o‘tgan edi. Transfer 60 million yevroni tashkil qildi.

Lamin Yamal - "Barselona" tarbiyalanuvchisi. O‘tgan mavsumda u La Ligada 35 ta o‘yinda maydonga tushib, 9 ta gol urdi va 13 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Ispaniya terma jamoasi bugun Millatlar ligasi doirasida Fransiyaga qarshi maydonga tushadi.

Yamal "Real"ning yangi futbolchisiga "hujum" qilib qoldi (foto)

Kiritildi: 09:26 05.06.2025. O'qildi: 1188 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!