Bugun 21 mart, 2025 yil, juma

КИР

Yamal nechanchi yilda «Oltin to‘p»ni qo‘lga kiritmoqchi ekanini aytdi

Yamal nechanchi yilda «Oltin to‘p»ni qo‘lga kiritmoqchi ekanini aytdi

«Barselona» vingeri Lamin Yamal nufuzli «Oltin to‘p» sovrinini qo‘lga kiritish niyati borligini bildirdi.

Iste’dodli futbolchi ushbu mukofot uchun kurashishni rejalashtirayotganini aytdi. Shuningdek, u Ispaniya terma jamoasi bilan jahon chempionatida g‘alaba qozonishni orzu qiladi.

«2029 yildan avvalroq men «Oltin to‘p»ni qo‘lga kiritishga umid qilaman. Bu esa «Barselona» bilan Chempionlar ligasida va Ispaniya bilan jahon chempionatida g‘alaba qozonganimni anglatadi. Bu mening eng katta orzularimdan», — dedi Yamal.

Avvalroq superkompyuter Lamin Yamal 2029 yilda «Oltin to‘p»ni qo‘lga kiritishi mumkin deb taxmin qilgan edi. Joriy mavsumda ispaniyalik futbolchi «Barselona» tarkibida 38 ta o‘yin o‘tkazib, 13 ta gol va 17 ta golli uzatma amalga oshirdi.

Kiritildi: 02:25 20.03.2025. O'qildi: 550 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!