55 vagondan iborat birinchi poyezdda avtomobillar uchun ehtiyot qismlar, xalq iste’moli tovarlari va boshqa turdagi yuklar tashilmoqda.
Yo‘nalish Xitoydagi Chensyan stansiyasidan boshlanib, Qozog‘iston, O‘zbekiston va Turkmaniston hududlari orqali Seraxs chegara stansiyasigacha yetib boradi. Yo‘nalishning umumiy uzunligi 6000 kilometrdan ortiq.
Poyezdni Qozog‘iston temir yo‘llari (KTJ) Xorgos — Oltinko‘l chegara o‘tish punktida qabul qildi. 7 sentyabr kuni poyezd Oltinko‘l stansiyasidan belgilangan yo‘nalish bo‘yicha harakatini davom ettirdi.
Keyingi bosqichda blok-poyezd Keles orqali O‘zbekistonga kirib keladi va Xo‘jadavlat stansiyasi orqali Turkmanistonga yo‘l oladi.
Hisob-kitoblarga ko‘ra, poyezd manziliga 14–16 kun ichida yetib borishi kerak.
«O‘ztemiryo‘lkonteyner» ma’lum qilishicha, kelgusida Xitoy — Markaziy Osiyo — Eron koridori bo‘ylab konteyner blok-poyezdlarining muntazam qatnovini yo‘lga qo‘yish rejalashtirilmoqda.