Bugun 21 dekabr, 2025 yil, yakshanba

КИР

Yamal "el-klasiko"ga ham tayyor bo‘lmasligi mumkin

Yamal "el-klasiko"ga ham tayyor bo‘lmasligi mumkin

"Barselona" bosh murabbiyi Xans-Diter Flik matbuot anjumanida vinger Lamin Yamal haqida gapirdi. Bir kun avval kataloniyaliklar Yamalning beli bilan bog‘liq muammo qaytalangani sababli ikki-uch hafta maydonga tusha olmasligini ma’lum qilishgandi.

"Qachon qaytishini bilmaymiz. Bu oddiy jarohat emas, mushak jarohati emas. Ikki, uch yoki to‘rt haftada tayyor bo‘ladimi, bilmaymiz. Hatto u "klasiko"ga qadar tiklanib ulgurishiga ham ishonchim komil emas. U tiklanish bo‘yicha mutaxassislar bilan ishlaydi, keyin esa ko‘ramiz," - dedi Flik jurnalistlarga.

Lamin Yamal sentyabr oyida "Barselona"ning to‘rtta o‘yinini o‘tkazib yubordi, shundan so‘ng "Real Sosyedad" va "PSJ" bilan o‘ynadi.

Kiritildi: 19:04 04.10.2025. O'qildi: 968 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!