Bugun 29 oktyabr, 2025 yil, chorshanba

КИР

Yamal bilan suhbatlashgan bloger «el-klasiko»da yuzaga kelgan mojaro uchun javobgarlikni o‘z zimmasiga oldi

Yamal bilan suhbatlashgan bloger «el-klasiko»da yuzaga kelgan mojaro uchun javobgarlikni o‘z zimmasiga oldi

Ispaniyadagi media-futbol turniri Kings League podkasti boshlovchisi Ibay Lyanos «Real» va «Barselona» (2:1) o‘rtasidagi «el-klasiko»da yuz bergan mojaro uchun mas’uliyatni o‘z zimmasiga oldi.

«Yamalning so‘zlari tufayli yuzaga kelgan «el-klasiko» va butun dunyodagi shov-shuvda qisman mening aybim bor. Strimda biz «Real» yoki «Barsa» haqida gaplashmoqchi emasdik, shunchaki ko‘ngilochar efir qilishni xohlagandik. Bir payt Lamin “Madrid aldov bilan o‘ynaydi” dedi.

Bu xabar “Real”ning kiyinish xonasigacha yetib bordi. Madridliklarning “so‘zlar” haqida aytgan gaplari aynan bizning strimga ishora ekanini anglash uchun inson o‘ta aqlli bo‘lishi shart emas. U efir faqat men medialiga o‘yinini boshqa sanaga ko‘chirishni so‘raganim uchun bo‘lgan. Bu ahmoqona ko‘ringandi, lekin natijada polisiya «el-klasiko»ga aralashishigacha borib yetdi», — dedi Lyanos ijtimoiy tarmoqlardagi video murojaatida.

Uchrashuvning yakuniga bir necha soniya qolganda jamoalar zaxira skameykalari yaqinida tortishuv yuz berdi. Final hushtagidan keyin maydondagi futbolchilar ham tortishuvga qo‘shildi. «Real» o‘yinchilari «Barselona» vingeri Lamin Yamal tomon xos ishora qilib, undan sukut saqlashni talab qilishdi.

Kiritildi: 16:45 28.10.2025. O'qildi: 809 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!