Bugun 14 noyabr, 2026 yil, shanba

КИР

YAIM hajmi 2027 yilda 232 mlrd dollarga yetishi prognoz qilinmoqda

YAIM hajmi 2027 yilda 232 mlrd dollarga yetishi prognoz qilinmoqda

YAIM hajmi 2027 yilda 232 mlrd dollarga etishi prognoz qilinmoqda.

Shu bilan birga, inflyasiya darajasini 2027 yilda 6 foizga, 2028–2029 yillarda esa 5 foizgacha pasaytirish, oltinsiz eksport hajmini 2027 yilda qariyb 40 mlrd dollarga etkazish nazarda tutilmoqda.

2027 yil uchun Davlat byudjeti daromadlarini 416 trln so‘m, xarajatlarini esa 464 trillion so‘m miqdorida belgilash nazarda tutilayotgani ma’lum qilindi. Byudjet loyihasi iqtisodiy o‘sishning 7 foizlik prognozi asosida shakllantirilmoqda.

2027 yilda ham asosiy soliq stavkalarini o‘zgarishsiz saqlash ko‘zda tutilmoqda.

Ma’lumot uchun, joriy yil yakunida mamlakatimiz iqtisodiyoti kamida 8 foizga o‘sishi, YAIM hajmi 200 mlrd dollardan, aholi jon boshiga to‘g‘ri keladigan daromad esa 5,2 ming dollardan oshishi kutilmoqda.

Kiritildi: 21:15 13.11.2026. O'qildi: 777 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik