Tegishli ariza FIDES partiyasining sobiq a’zosi va jamoat faoli kichik Ishtvan Teni tomonidan tergov prokuraturasiga yuborilgan, deb xabar bermoqda hujjatga ega bo‘lgan Magyar Nemzet gazetasi.
Madyarning sobiq rafiqasi, mamlakatning sobiq adliya vaziri Yudit Varga bir yarim yil davomida sobiq eri unga bosim o‘tkazgani, tahdid qilgani va jismoniy zo‘ravonlik ko‘rsatganini da’vo qilgan.
Shundan so‘ng bosh vazirning harakatlarini tekshirishni so‘rab prokuraturaga ariza berilgan. Madyar esa sobiq rafiqasiga nisbatan jismoniy zo‘ravonlikni rad etgan.
11 noyabr kuni Varga parlament eshituvida Madyar 2023 yilda ularning suhbatini yashirincha yozib olganini aytdi.
Madyar yozuvni 2024 yil mart oyida e’lon qilgan, biroq iyun oyida prokuratura Varga mish-mishlarni aytib bergan va ish materiallariga aralashmagan degan xulosaga kelib, tergovni to‘xtatgan.