Bugun 22 sentyabr, 2026 yil, seshanba

КИР

«Yagona Rossiya» Davlat Dumasi saylovlarida g‘alaba qozondi — ekzitpollar

«Yagona Rossiya» Davlat Dumasi saylovlarida g‘alaba qozondi — ekzitpollar

VSIOM ekzitpoli ma’lumotlariga ko‘ra, «Yagona Rossiya» 49,4 foiz ovoz to‘plagan. KPRF — 14,2 foiz, LDPR — 10,7 foiz, «Yangi odamlar» — 9,7 foiz, «Adolatli Rossiya» — 6,6 foiz ovoz olgan. Qolgan partiyalar 5 foizlik to‘siqdan o‘ta olmagan.

Ijtimoiy marketing instituti (INSOMAR) ekzitpoli natijalariga ko‘ra esa, «Yagona Rossiya» 50,8 foiz, KPRF — 14,8 foiz, LDPR — 9,9 foiz, «Yangi odamlar» — 8,6 foiz, «Adolatli Rossiya» — 5,5 foiz ovoz to‘plagan.

Bundan tashqari, Rossiya Markaziy saylov komissiyasi 14 foiz saylov bayonnomalari qayta ishlanganidan keyingi dastlabki natijalarni e’lon qildi. Unga ko‘ra, «Yagona Rossiya» 57,54 foiz ovoz olgan.

Kiritildi: 06:40 21.09.2026. O'qildi: 688 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!