Bugun 8 dekabr, 2025 yil, dushanba

КИР

Yagona namunadagi elektron guvohnoma berish uchun hech qanday yig‘im undirilmaydi

Yagona namunadagi elektron guvohnoma berish uchun hech qanday yig‘im undirilmaydi

2025 yil 15 oktyabrda Hukumatning 642-sonli qarori bilan haydovchilarni tayyorlash va qayta tayyorlashni yakunlaganlikni tasdiqlovchi yagona elektron guvohnoma namunasi tasdiqlandi.

📄 Endi avtomototransport va shahar elektr transporti haydovchilarini tayyorlashni muvaffaqiyatli tugatganlar uchun guvohnoma imtihon komissiyasi bayonnomasi asosida elektron shaklda rasmiylashtiriladi.

💻 Elektron guvohnomalar “eavtotalim.uz” orqali Yagona axborot tizimida avtomatik ravishda shakllantiriladi va tadbirkorlik sub’ektlariga real vaqtda taqdim etiladi.

Guvohnoma berish uchun hech qanday to‘lov yoki yig‘im undirilmaydi.

Kiritildi: 17:26 18.10.2025. O'qildi: 1211 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!