Bugun 7 dekabr, 2025 yil, yakshanba

КИР

Moldova Rossiyaning Ukraina energetika inshootlariga hujumi ortidan Ruminiyadan yordam so‘radi

Moldova Rossiyaning Ukraina energetika inshootlariga hujumi ortidan Ruminiyadan yordam so‘radi

Shanba kuni Moldova elektr tarmoqlari operatori Moldelectrica Rossiyaning Ukraina energetika infratuzilmasiga bergan zarbalari tufayli favqulodda vaziyat yuzaga kelgani haqida xabar berdi.

Bu haqda kompaniya ma’lum qildi.

Bayonotga ko‘ra, Ukraina elektr tarmog‘iga qilingan hujumlar natijasida mintaqadagi asosiy energiya bloki ishdan chiqqan, o‘zaro bog‘lovchi liniyalar esa eng yuqori quvvatda.

"Moldelectrica yaqin bir necha soat davomida ehtiyot chorasi sifatida Ruminiyadan favqulodda yordam so‘radi. Bu elektr tarmoqlarining xavfsiz ishlashini ta’minlaydi va yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan ortiqcha yuklanishlarning oldini oladi", - deyiladi xabarda.

Shanbaga o‘tar kechasi Rossiya kuchlari Ukrainaning bir qancha shaharlariga keng ko‘lamli raketa va uchuvchisiz samolyotlardan zarba berdi. Portlashlar Poltava, Lusk, Odessa, Zaporojye, Bila Serkva va boshqalarda eshitildi.

Kiritildi: Bugun 09:15. O'qildi: 1059 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!