Bugun 7 dekabr, 2025 yil, yakshanba

КИР

Orban: "Evropa Rossiya bilan urushga tayyorlanmoqda"

Orban: "Evropa Rossiya bilan urushga tayyorlanmoqda"

Evropa Rossiya bilan qurolli mojaroga tayyorlanmoqda va harbiy iqtisod qurmoqda.

Bu haqda Vengriya bosh vaziri Viktor Orban ma’lum qildi.

"Evropa Ittifoqining 2030 yilgacha urushga tayyor bo‘lishi kerakligi haqidagi rasmiy pozisiyasi bor. Ular harbiy iqtisodiyot qurmoqda", - dedi u.

Orbanning so‘zlariga ko‘ra, Yevropa Ittifoqi davlatlari avtomobil ishlab chiqarishni qurol va zirhli mashinalar ishlab chiqarishga o‘tkazmoqda.

"Harbiy ekspansiya to‘rt bosqichdan iborat. Birinchisi, diplomatik aloqalarni uzish. Bu allaqachon sodir bo‘lgan. Ikkinchisi, iqtisodiy sanksiyalar joriy etish va hamkorlikni tugatish. Biz buni allaqachon boshdan kechirganmiz. Uchinchisi - harbiy xizmatni joriy etish va harbiy iqtisodiyotga o‘tish. Biz hozir shu bosqichdamiz. Bryussel bu bosqichda. Va to‘rtinchi bosqich - harbiy jabhada" - dedi Orban.

Kiritildi: Bugun 09:30. O'qildi: 1365 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!