Bugun 7 dekabr, 2025 yil, yakshanba

КИР

AQSh Rossiyani ham, Ukrainani ham yon berishga undamoqda

AQSh Rossiyani ham, Ukrainani ham yon berishga undamoqda

AQSh prezidentining elchisi Stiv Uitkoff va Amerika yetakchisining kuyovi Jared Kushner Moskva va Kiyevga Rossiya-Ukraina urushini tugatish bo‘yicha muzokaralar doirasida yon berishlari uchun bosim o‘tkazmoqda.

Bu haqda Amerikaning Axios portali ma’lum qildi.

Ukraina rahbari Vladimir Zelenskiy avvalroq Uitkoff va Kushner bilan telefon orqali suhbat o‘tkazib, uni “uzoq va mazmunli” deb atagan edi. Axios jurnalistining ismi oshkor etilmagan manbalarga tayangan holda xabar berishicha, ikkalasi hududiy masalalar va Ukraina uchun Amerika kafolatlarini muhokama qilgan.

Hududiy muhokamalar oson kechmagan, deydi manbalardan biri. Rossiya Ukrainadan o‘z qo‘shinlarini Donbasning o‘zi nazorat qilgan qismidan olib chiqib ketishni talab qilishda davom etmoqda. "Ammo AQSh bu muammoni yengish uchun yangi g‘oyalarni ishlab chiqishga harakat qilmoqda", deb yozadi Axios ikkinchi manbaga tayanib.

Boshqa tomondan, AQSh va Ukraina xavfsizlik kafolatlari masalasida sezilarli yutuqlarga erishdi va kelishuvga yaqin, ammo “har ikki tomon xavfsizlik kafolati loyihasini xuddi shunday talqin qilishini” ta’minlash uchun qo‘shimcha ish olib borish zarurligi qayd etilgan maqolada.

Kiritildi: Bugun 11:00. O'qildi: 1199 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!