Elektr energiya iste’molchilariga «aqlli» hisoblagichlar o‘rnatilib, elektr energiyasini hisobga olishning avtomatlashtirilgan tizimi joriy etildi. Endi shu tizimni takomillashtirish maqsadida yagona billing tizimi ishlab chiqilmoqda. Tizim 2024 yilning 1 iyul kunidan boshlab to‘liq ishga tushirilishi rejalashtirilgan.
Ushbu tizimning mobil ilovasi ham yaratiladi. Ilova orqali iste’molchi o‘zi amalga oshirgan to‘lovlar, iste’mol qilgan elektr energiyasi miqdori, hududida yuzaga kelayotgan avariyaviy holatlar haqida ma’lumotlarni onlayn tarzda olish imkoniga ega bo‘ladi.