Bugun 17 dekabr, 2025 yil, chorshanba

КИР

Shavkat Mirziyoyevni haqorat qilgan shaxs Ozarbayjonda qo‘lga olindi

Shavkat Mirziyoyevni haqorat qilgan shaxs Ozarbayjonda qo‘lga olindi

1982 yilda tug‘ilgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi Yusupov Amonbek Abdulhaqovich Ozarbayjon Respublikasi Bosh prokuraturasi tomonidan qo‘lga olindi.

Bu haqda Ozarbayjon Bosh prokuraturasi xabar berdi, deb yozmoqda yuz.uz.

Qayd etilishicha, A.Yusupov O‘zbekiston Prezidentining sha’ni va qadr-qimmatini kamsitish jinoyatida ayblanib, davlatlararo qidiruvga berilgan. U joriy yil aprel oyida Ozarbayjonda qo‘lga olinib, hibsga olingan edi.

Yusupov Ozarbayjon Adliya vazirligining maxsus konvoyi hamrohligida O‘zbekistonning vakolatli organlariga topshirildi.

Kiritildi: 15:14 25.07.2025. O'qildi: 4325 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!