Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Qoraqalpog‘iston Respublikasi boshqarmasi tomonidan tadbirkorlik sub’ektlarining huquqiy himoyasi yuzasidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda “E.V.” MCHJ mas’ul shaxslari “M.Ch.” AJ bilan tuzilgan shartnomaga asosan, saqlovga qabul qilingan 4,3 mlrd so‘mlik 1 473 tonna ammiakli selitra va 790,6 mln so‘mlik 276 tonna ammoniy sulfat mineral o‘g‘itlarini o‘zlashtirish yo‘li bilan talon-toroj qilganliklari aniqlangan.
Shu kabi, Departamentning Xorazm viloyati boshqarmasi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda “A.B.” MCHJ mas’ul shaxslari “M.Ch.” AJ bilan tuzilgan shartnomaga asosan, saqlovga qabul qilingan umumiy bahosi 376,4 mln so‘mlik 126 tonna ammiakli selitra mineral o‘g‘itlarini o‘zlashtirish va rastrata qilish yo‘li bilan talon-toroj qilganliklari aniqlangan.
Departamentning G‘ijduvon tumani bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda "B.T." MCHJ mas’ul shaxslari “M.Ch.” AJ bilan tuzilgan shartnomaga asosan, saqlovga qabul qilingan 760,1 mln so‘mlik 255 tonna ammiakli selitra va umumiy bahosi 272,1 mln so‘mlik 95 tonna sulfat ammoniy mineral o‘g‘itlarini o‘zlashtirish va rastrata qilish yo‘li bilan talon-toroj qilganliklari aniqlangan.
Departamentning Sirdaryo viloyati boshqarmasi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda "Z.M." MCHJ mas’ul shaxslari “M.Ch.” AJ bilan tuzilgan shartnomaga asosan, saqlovga qabul qilingan umumiy bahosi 200,7 mln so‘mlik 67,4 tonna ammiakli selitra mineral o‘g‘itlarini o‘zlashtirish va rastrata qilish yo‘li bilan talon-toroj qilganliklari aniqlangan.
Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (o‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.