“Barselona” hujumchisi Robert Levandovski chempionlik mavsumi yakunlanganidan keyin klubni tark etadi. 37 yoshli polshalik to‘purar o‘z qarorini allaqachon e’lon qilib ulgurgan.
Mundo Deportivo nashrining ma’lumotlariga ko‘ra, “Barselona” Levandovskiga o‘rinbosar sifatida yangi top-darajadagi hujumchi bilan shartnoma imzolamoqchi.
Ayni paytda asosiy nomzodlar sifatida Xulian Alvares (“Atletiko”), Joao Pedro (“Chelsi”) va Harri Keyn (“Bavariya”) tanlandi.
Transfermarkt portali ekspertlari Alvares, Pedro va Keynning qiymatini tegishlicha 90, 75 va 65 million yevroga baholagan.