Bugun 1 iyun, 2026 yil, dushanba

КИР

AQSh hujumlari oqibatida 200 dan ortiq kishi halok bo‘lgani ma’lum qilindi

AQSh hujumlari oqibatida 200 dan ortiq kishi halok bo‘lgani ma’lum qilindi

Janubiy Amerika qirg‘oqlari yaqinidagi kemalarga AQSh tomonidan berilgan havo zarbalari natijasida 202 kishi halok bo‘lgan.

The New York Times nashrining xabar berishicha, AQShning Janubiy Amerika qirg‘oqlari yaqinidagi kemalarga qarshi amalga oshirgan havo hujumlari oqibatida 200 dan ortiq odam halok bo‘lgan.

Ma’lum qilinishicha, bu AQShning Janubiy Amerika suvlarida giyohvand moddalar kontrabandasi bilan bog‘liq shaxslarga qarshi olib borayotgan kampaniyasi doirasida amalga oshirilgan. Kampaniya davomida jami 60 ta hujum uyushtirilgan bo‘lib, ular natijasida 202 kishi halok bo‘lgan.

Nashr ta’kidlashicha, mazkur zarbalar yuqori darajada maxfiylikda saqlanmoqda. Faqat bir nechta jasad topilgan bo‘lib, Donald Tramp ma’muriyati kemalarda tashilgani aytilgan qoldiqlar yoki giyohvand moddalar bo‘yicha deyarli hech qanday moddiy dalil taqdim etmagan.

Shuningdek, maqolada qayd etilishicha, ko‘plab huquqshunoslar mazkur hujumlarni xalqaro huquq nuqtai nazaridan noqonuniy deb baholamoqda.

Kiritildi: 23:32 31.05.2026. O'qildi: 317 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!