Eron Fors ko‘rfazi hamkorlik kengashidagi qo‘shnilariga hujum qilish orqali "katta xato" qildi.
Bu haqda AQSh moliya vaziri Skott Bessent Fox News telekanaliga bergan intervyusida aytib o‘tdi.
Uning ta’kidlashicha, AQShning ko‘plab ittifoqchilari bor edi, ular Vashington bilan bank tizimlaridagi Eron mablag‘lari haqida to‘liq ochiqchasiga gaplashmagan bo‘lishi mumkin, ammo "ular to‘satdan juda yumshoq bo‘lib, bizga hisoblarga kirish huquqini berishga yoki ularni blokirovka qilishga yordam berishga tayyor bo‘lib qolishdi".
The Wall Street Journal mart oyi boshida BAA mamlakatda joylashgan Eron aktivlarini muzlatish masalasini ko‘rib chiqayotgani haqida xabar bergan edi.
Bessent shuningdek, AQShning Eron portlarini blokirovka qilishi "ham iqtisodiy, ham jismoniy tus olganini" aytdi. Uning qo‘shimcha qilishicha, mamlakatning asosiy neft terminali bo‘lgan Eronning Xarg oroli AQSh tomonidan bloklangan, bu "Eron o‘z quduqlarini demontaj qilishni boshlashi kerak" degan ma’noni anglatadi.