Bugun 3 avgust, 2025 yil, yakshanba

КИР

Xududlarda kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalari savdosi bilan shug‘ullanib kelgan shaxslar ushlandi

Xududlarda kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalari savdosi bilan shug‘ullanib kelgan shaxslar ushlandi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Jalaquduq tumani bo‘limi tomonidan IIB xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda dori vositalari savdosi bilan shug‘ullanib kelgan S.Q. fuqaro M.X.ga 2 dona “Tropikamid” va 10 dona “Regapen” nomli kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalarini 1,3 mln so‘mga sotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Shu kabi, Departamentning Kasbi tumani bo‘limi va IIB xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda fuqaro SH.R. fuqaro S.M.ga 70 dona “Pregabalin PG-150” nomli kuchli ta’sir qiluvchi dori vositasini 900 ming so‘mga sotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Shuningdek, Departamentning Shayxontohur tumani bo‘limi va IIB xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda qonunga xilof ravishda dori vositalari savdosi shug‘ullanib kelgan N.I.ning yonidan 36 dona “Pregabalin Capsules” va 1 dona “Zardeks” nomli kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalari ashyoviy dalil sifatida olingan.

Departamentning Davlatobod tumani bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda esa “S.K.” MCHJ rahbari B.M. “Yangi tong” MFY hududidagi dorixonada fuqaro K.SH.ga shifokor reseptisiz 61 dona “Omnadren 250” nomli kuchli ta’sir qiluvchi dori vositasini 3,1 mln so‘mga sotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 251-1-moddasi (giyohvandlik vositalari, ularning analoglari yoki psixotrop moddalar hisoblanmaydigan kuchli ta’sir qiluvchi moddalarni targ‘ib qiluvchi mahsulotni tayyorlash, tarqatish, reklama qilish, namoyish etish yoki bunday moddalarni yoxud zaharli moddalarni qonunga xilof ravishda muomalaga kiritish) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Kiritildi: 15:30 31.07.2025. O'qildi: 373 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!