Bugun 12 mart, 2025 yil, chorshanba

КИР

Xorijiy valyutalarni ma’lum bir haq evaziga olib o‘tib berishga urinish fosh etildi

Xorijiy valyutalarni ma’lum bir haq evaziga olib o‘tib berishga urinish fosh etildi

“Farhod” chegara bojxona posti orqali bojxona nazoratidan yashirib boshqa shaxsga tegishli bӯlgan naqd xorijiy valyutalarni ma’lum bir haq evaziga olib chiqishga bo‘lgan urinish fosh etildi.

Bojxona qo‘mitasi matbuot xizmatining xabar berishicha, qo‘shni davlatga chiqib ketayotgan ikki nafar yo‘lovchi bojxona nazoratidan o‘tayotgan vaqtida o‘z xatti-harakatlari bilan bojxona xodimlarining e’tiborini tortdi. Yo‘lovchilar belgilangan tartibda shaxsiy ko‘rikdan o‘tkazildi.

O‘tkazilgan shaxsiy ko‘rik natijasida fuqaroning birida egnidagi kiyimining ichki cho‘ntagida og‘zaki so‘rovda ma’lum qilinmagan hamda deklarasiyalanmagan 1 mln. 460 ming hamda ikkinchi yo‘lovchida 730 ming Rossiya rubli naqd xorijiy valyutasi borligi aniqlandi.

Hozirda ushbu holat yuzasidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.

Xabarda eslatib o‘tilganidek, amaldagi qonunchilikda naqd valyuta bir necha shaxslarning ishtirokida, ular o‘rtasida taqsimlanib bojxona chegarasi orqali o‘tkazish holati aniqlanganida, shaxs ushbu harakati uchun qonun hujjatlariga muvofiq javobgar bo‘ladi.

Kiritildi: 14:05 09.02.2025. O'qildi: 523 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!