Bu haqda AQSh Aksilterror markazining sobiq direktori aytib o‘tdi.
Eronga qarshi urushga noroziligi sababli yaqinda AQSh Aksilterror markazi direktori lavozimidan iste’foga chiqqan Jo Kentning fikricha, Isroil va Turkiya Suriyada to‘qnashishi muqarrar, shundan so‘ng Vashington Isroilni himoya qilish uchun NATOdan chiqishiga to‘g‘ri kelishi mumkin.
"Turkiya va Isroil oxir-oqibat Suriyada to‘qnash kelganida, Qo‘shma Shtatlar Isroil tomonida turish uchun NATOdan chiqadi. Bu holat biz Suriyaning dunyoviy hukumatini ag‘darishga yordam berganimiz hamda “Al-Qoida” va ISHIDning sobiq rahbarini prezident qilib tayinlaganimizdan keyin sodir bo‘lmoqda. Yaqin Sharqda ham o‘t qo‘yuvchi, ham o‘t o‘chiruvchi o‘yinini bas qilish vaqti keldi", – dedi Kent.