Bugun 11 aprel, 2026 yil, shanba

КИР

Eronning yangi oliy rahbari Mujtabo Xominaiyning ahvoli haqida tafsilotlar ochiqlandi

Eronning yangi oliy rahbari Mujtabo Xominaiyning ahvoli haqida tafsilotlar ochiqlandi

Reuters agentligining o‘z manbalariga tayanib xabar berishicha, Eronning yangi oliy rahbari, 56 yoshli Mujtabo Xominaiy yuzi va oyoqlaridan olgan og‘ir jarohatlardan so‘ng tiklanish jarayonini boshdan o‘tkazyapti. Shunga qaramay, u qaror qabul qilish qobiliyatini saqlab qolgan va Vashington bilan o‘t ochishni to‘xtatish bo‘yicha muzokaralar kabi muhim masalalarni shaxsan nazorat qilmoqda.

Mujtabo Xominaiy otasi Oyatulloh Ali Xominaiy va oila a’zolari halok bo‘lgan AQSH-Isroil aviazarbasidan beri omma oldida ko‘rinish bermagan. Xabarlarga ko‘ra, o‘sha hujumda uning yuzi jiddiy shikastlangan va bir yoki ikkala oyog‘idan og‘ir jarohat olgan. Eron davlat televideniyesi uni tayinlovdan so‘ng "jonboz" deb atagan bo‘lsa-da, rasmiy Tehron jarohatlar darajasi haqida batafsil ma’lumot bermayapti.

AQSh razvedkasi va Mudofaa vaziri Pit Hegset ham Xominaiyning "yaralangan va yuzi shikastlangan" bo‘lishi mumkinligini tasdiqlamoqda.

Ekspertlarning fikricha, Mujtabo Xominaiy Islom inqilobi korpusi qo‘riqchilari (IIKQ) bilan yaqin aloqalari tufayli otasining qat’iy siyosatini davom ettirishi mumkin, deyiladi xabarda.

Kiritildi: Bugun 14:45. O'qildi: 1862 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!