O‘shlik tadbirkor Sadir Japarovdan 2–3 tonna oltin so‘rab, uni kuldirib yubordi
O‘shda bo‘lib o‘tgan uchrashuvda mahalliy tadbirkorlardan biri sobiq merning xatti-harakatlari tufayli biznes vakillari qiyin ahvolda qolganini aytib, ularga kompensasiya to‘lashni taklif qildi.
U mamlakat oltin zaxirasi 52 tonnadan oshganini eslatib, biznesni oyoqqa turg‘izish uchun O‘shga 2–3 tonna oltin ajratishni so‘radi.
"Siz 2 tonna oltin qancha turishini bilasizmi? Bu $300-400 million degani", — deya javob qaytardi Japarov.