Bugun 11 aprel, 2026 yil, shanba

КИР

Rossiyalik sobiq futbolchi Husanovni yulduz markaziy himoyachilardan ustun qo‘ydi

Rossiyalik sobiq futbolchi Husanovni yulduz markaziy himoyachilardan ustun qo‘ydi

Sobiq futbolchi Vladislav Radimov "Manchester Siti" hamda O‘zbekiston terma jamoasi himoyachisi Abduqodir Husanov haqida o‘z fikrlarini bildirdi.

"Hozirgi "Manchester Siti"ni Husanovsiz tasavvur qilish qiyin. Men O‘zbekiston terma jamoasining ikki o‘yinini ko‘rdim. Birinchi o‘yinda u maydonda yo‘q edi — himoyada juda ko‘p xatolar bo‘ldi, hatto raqib ko‘p gol urishi mumkin edi.

Ikkinchi o‘yinda esa Husanov maydonga tushdi va vaziyat butunlay o‘zgardi. Himoyadagi kamchiliklarni yopdi, juda ko‘p xatolarni to‘g‘riladi.

U o‘zining tezligi va jismoniy imkoniyatlari hisobidan juda kuchli. Taktik jihatdan ham yana o‘sadi. Menimcha, u hatto Din Xausen va Alesandro Bastonidan ham yaxshiroq", — dedi Radimov.

Kiritildi: Bugun 03:04. O'qildi: 267 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!