Bugun 13 aprel, 2026 yil, dushanba

КИР

Rim papasi Lev XIV: Bomba tashlayotganlar tomonida birorta ham Iso shogirdi yo‘q

Rim papasi Lev XIV: Bomba tashlayotganlar tomonida birorta ham Iso shogirdi yo‘q

Rim papasi Lev XIV Yaqin Sharqdagi urushning kengayishini bema’ni va g‘ayriinsoniy zo‘ravonlik deb atadi. Uning ta’kidlashicha, bu nizoda inson hayotiga shaxsiy manfaatlar yo‘lidagi bilvosita zarar sifatida qaralyapti.

"Hech qanday foyda bolalar yoki oilalar hayotidan ustun bo‘la olmaydi", — deb yozdi Papa o‘zining X ijtimoiy tarmog‘ida.

U, shuningdek, "Iso shogirdlari" hech qachon bomba yog‘dirayotganlar tarafida bo‘lmasligini va harbiy harakatlar tinchlikka olib kelmasligini alohida qayd etdi.

Bu Pentagon rahbari Pit Xegsetning "Iso Masih nomi bilan" amerikalik askarlarning g‘alabasi uchun ibodat qilishga chaqirishi fonida sodir bo‘ldi.

Avvalroq Xegset Amerika xalqini g‘alaba va AQSh qurolli kuchlari xavfsizligi uchun ibodat qilishga chaqirgan edi.

Kiritildi: 12:45 11.04.2026. O'qildi: 1183 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!