Eron Parlamenti Spikeri Muhammad Bagir G‘olibafning ijtimoiy tarmoq sahifasidagi muzokaralar haqidagi postidan so‘ng neft narxlari ko‘tarildi.
Bu haqda Eron ommaviy axborot vositalari ham bu ma’lumotni tarqatishdi.
WTI xom neftining narxi hozirda bir barrel uchun 99,60 dollarga yetgani, bu avvalgi kunga nisbatan 1,16 dollarga ko‘pligi haqida xabar berilgan.
Brent xom neftining narxi ham bir barrel uchun 1,13 dollarga ko‘tarilib, 97,67 dollarni tashkil etdi.
G‘olibaf o‘zaro kelishilgan ikkita masala hali amalga oshirilmaganini ta’kidladi:
"Livanda sulh tuzish va muzokaralar boshlanishidan oldin Eronning muzlatilgan aktivlarini ozod qilish. Bu ikki masala muzokaralar boshlanishidan oldin amalga oshirilishi kerak."